Meg Oltman qizi Sara bilan birga, avval bir millionerga tegishli bo'lgan, yangi uyga ko'chib keldi. Yaxshi mavzeda joylashgan – yaxshi uy, yashash uchun mukammal joydek tuyulardi. Bulardan tashqari uyda maxsus xona joylashtirilgan bo'lib, o'g'rilar bostirib kirgan mahal u yerda yashirinish mumkin. Bir necha santimetr qalinlikdagi po'lat eshik yopilganidan so'ng, xonaga kirish imkonsiz bo'lib qoladi. Albatta yovuzlar ham uzoq kuttirib qo'yishmaydi.