Piter Parker oddiy maktab o‘quvchisi. Bir kuni u sinf bilan ekskursiyaga chiqadi va u yerda uni g‘alati mutant o‘rgimchak chaqib oladi. Vaqt o‘tishi bilan yigit o‘zida g‘ayrioddiy kuch, harakatlanishdagi chaqqonlik va eng asosiysi - devorlarga tirmashib chiqish hamda po‘lat o‘rgimchak to‘rini otish qobiliyatini payqay boshlaydi. Piter o‘z qobiliyatlaridan zaiflarni himoya qilish uchun foydalana boshlaydi. Shunday qilib, Piter odamlarga yordam berib, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi O‘rgimchak odam ismli haqiqiy super qahramonga aylanadi. Ammo superqahramon bo‘lgan joyda ertami-kechmi superyovuzlar ham paydo bo‘ladi…