1930-yil, omadsiz rejissor Karl Denhemning suratga olish guruhi Kong laqabli ulkan gorilla haqidagi afsonalarni o'rganish maqsadida Sumatraga yaqin joydagi sirli Chanoq Oroliga yo'l oladi. Manzilga yetib kelganlaridan so'ng ular, King Kong haqiqatdan ham mavjud ekanligini bilishadi. Gorilla, o'tib bo'lmas changalzorlarning eng ichkarisida, dunyoga noma'lum bo'lgan, qadimgi dunyodan ham avval yashagan ko'plab mavjudotlar bilan birga yashaydi. Tadqiqotchilar ikki o't orasida qolishadi. Bir tarafda King Kong, ikkinchisida esa uning dushmanlari — dinozavrlar...