To‘rt nafar o‘smir Jumanji o‘yinining ichiga kirib qoladi. Ularni karkidonlar, qora mambalar bilan janglar hamda har qadamlarida cheksiz tuzoq va jumboqlar zanjiri kutib turibdi. O‘yinda ular boshqa qiyofaga kiradilar: tortinchoq va uyatchan Spenser jasur va kuchli tadqiqotchiga, barvasta Fridj pakana zoologga, modaparast va go‘zal Bettani to‘laqonli professorga, beso‘naqay Marta esa qo‘rqmas va epchil amazonkaga aylanadi. Do‘stlar yangi rollarga ko‘nikishlari, halok bo‘lmaslikka harakat qilishlari va uyga yo‘l topishlariga to‘g‘ri keladi.