Artur Karri, Tom Karri ismli mayoq ishchisi va Atlanna ismli ayolning o’g’li edi. Artur hali o’smirlik vaqtidayoq g’aroyib kuch va tezlik, suv ostida nafas olish va baliqlar bilan gaplashish imkoniyatlarini namoyish etardi. O’lim yoqasida bo’lgan Atlanna o’g’liga haqiqatni ochadi: u, quvg’indagi Atlantida qirolichasi bo’lgan va bir kun kelib Artur yetti dengiz hukmdoriga aylanishini va’da qilgan. Otasi unga ta’lim bergan va o’z imkoniyatlarini boshqarishni o’rgatgan va natijada bu unga Akvamen ismli qahramon bo’lishga yordam beradi.